Samarqand davlat universiteti va Xitoyning Shimoli-gʻarbiy politexnika universiteti hamkorligi
Samarqand davlat universitetiga Xitoyning Shimoli-g‘arbiy politexnika universiteti xorijiy fanlar fakulteti dekani, professor Kong Jie boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.
Ikki tomonlama olib borilgan muzokaralarda uzoq muddatli hamkorlik masalalari keng muhokama qilindi. Tomonlar uchun muhim bo‘lgan sohalar, xususan, muhandislik, texnika va texnologiya sohalarida kadrlar tayyorlashda hamkorlikni kuchaytirish, talaba va magistrlar uchun almashuv dasturlari tashkil etish, shuningdek, ikkala tomonlardan muhandislik sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan professor-oʻqituvchilar oʻrtasida akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar ilgari surildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati