Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin !
Bugun Samarqand davlat universiteti raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Ashirjon Mardonovaning tavallud topgan kuni.
Iqtisodiyot fanlari nomzodi Ashirjon Mardonova Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug’ilgan. 62 yoshni qarshi olgan olima, 44 yildan buyon bir qator tashkilot va Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi tug’ilgan kun sohibini samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi