Xitoyning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash davom etmoqda…
Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov Xitoyda o’tkazilayotgan “Oliy ta’lim sohasida hamkorlik bo’yicha Tyanszin forumi” da ishtirok etmoqda.
Akmal Axatov forum doirasida Tyanszin pedagogika universiteti va Tyanszin chet tillari universiteti rektorlari bilan hamkorlik memorandumi va kelishuv shartnomalarini imzoladi.
Mazkur shartnomalar professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalar uchun stajirovkalar tashkil etish, tomonlar ilmiy-uslubiy yutuqlarini hisobga olib pedagoklar malakasini oshirish, akademik almashinuv hamda turli mobillik dasturlarini yo’lga qo’yish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, hamkorlikda konferensiya, simpozium, seminarlar, onlayn va oflayn qo‘shma ma’ruzalar o’tish, yozgi maktablar hamda amaliyot dasturlarini tashkillashtirishni nazarda tutadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.