Fanimiz fidoyilari: Professor Ergash Qobilov
Ergash Qobilov - Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Olimning 350 dan ortiq maqolasi xalqaro va respublika jurnallarida e’lon qilingan. 80 dan ortiq uslubiy, 5 o‘quv qo‘llanma, 5 darslik, 1 elektron darslik, 6 monografiya va 3 patent muallifi.
Ergash Qobilov Rossiya bolalar xirurglari hamda Yevropa bolalar vrachlari assosiatsiyasi a’zosi hisoblanadi. 2021-yil “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.