Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti optika va spektroskopiya kafedrasi professori Negmat Nizomovning tug’ilgan kuni.
Fizika-matematika fanlari doktori Negmat Nizomov 1940-yil Samarqand shahrida tavallud topgan. 84 yoshni qarshi olgan fizik olim 60 yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ne’mat Nizomov Molekulyar lyuminisensiya ilmiy maktabi asoschisi. “Ixtirochi” (1986-yil), “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” ko’krak nishonlari (2010-yil) sohibi.
Bugungi qutlug’ kun munosabati bilan universitet jamoasi professor Negmat Nizomovni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvaffaqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.