Samarqand davlat universiteti professori Italiyaning Boloniya universitetida tajriba almashdi…
Samarqand davlat universiteti professori, “Sun’iy intellektni tartibga solish: Markaziy Osiyo uchun Yevropa yondashuvi” grant loyihasi rahbari Irina Filipova Italiyaning Boloniya universitetida ikki haftalik safarini yakunladi.
Bundan ko‘zlangan maqsad Yevropa Ittifoqida sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha tadqiqot materiallari va usullari bilan tanishish, yevropalik olimlar tomonidan taklif etilgan va o‘rganilayotgan sohadagi muammolarni hal qilish yo‘llarini kuzatishdan iborat.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.