Samarqand davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi doktoranti Parvina Rahmonova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlarga stajirovkalarga yuborish” tanlovida gʻoliblikni qo’lga kiritdi.

    Parvina Rahmonova ushbu grant dasturi asosida Avstriyaning Eronshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida 2 oy mobaynida ilmiy ishlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.