Ko’chat ekish bo'yicha mutaxassis tavsiyasi
- Ko‘chat tomirlarini ko‘zdan kechirish kerak. Ular kesilganda oq rangda bo‘lishi lozim. Agar rangi jigarrang bo‘lsa, demak tomir zararlangan. Bunday joylarini yosh qavatigacha kesish talab etiladi.
- Bir oy oldin tayyorlangan chuqurga ko‘chat tomiri diametriga qarab joy tayyorlanadi. Chuqur markaziga 2-3 ta qoziqchalar qoqib qo‘yish mumkin.
- Chuqur tubida kichik do‘nglik qilib, uning ustiga ko‘chat tomirlarini joylashtiring.
- So‘ng ko‘chat ustidan tuproq tortiladi, faqat daraxt tanasini biroz silkitib turish tavsiya etiladi. Tuproq tomirlar orasiga tekis taqsimlanishi kerak. Ildiz bo‘ynini yerdan taxminan besh santimetr uzunlikda qoldiring. Sepilgan tuproq ustini zichlang.
- Ko‘chat tanasi diametri bo‘yicha zichlangan tuproqdan biroz tepalik hosil qiling. Bu namlik ketmasligi uchun kerak.
- O‘tqazilgan daraxtni 2-3 chelak suv bilan sug‘oring.
- Ko‘chatni qoqilgan qoziqqa erkinroq qilib bog‘lab qo‘ying. Agar bunday qilmasangiz, daraxt o‘sgan sari egilib boraveradi.
- Tomirlarni muzlab qolishidan himoyalash uchun yerni 30 santimetrgacha qalinlikda chopiq qilish kerak.
- Olma ko‘chatini har qanday issiqroq mato bilan o‘rab qo‘ying, bu kemiruvchilardan saqlaydi.
- Ko‘chat ekilganidan ikki hafta o‘tib, tomirlarni o‘stiradigan vosita bilan sug‘orish mumkin.
Bahrom Xolmirzayev,
Samarqand davlat universiteti
meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti.