Bugun Samarqand davlat universiteti ingliz va roman-german tillari kafedrasi mudiri, professor Ravender Gargeshning tug'ilgan kuni.

Olim 2019-yildan buyon Samarqand davlat universitetida ish yuritib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida, xorijiy tillarni o‘qitishda butunlay yangi pedagogik texnologiyalar qo‘llanmoqda. 

  O‘zbekiston-Hindiston do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, Samarqand davlat universitetining Hindiston OTM lari bilan hamkorligini rivojlantirishda ham xizmatlari beqiyos. 

Samarqand davlat universiteti jamoasi sizni tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor tabriklab, mustahkam sog‘lik, ishlaringizga muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaydi.