Samarqand davlat universiteti “Reforma.uz” telegram kanali va “Dalil.uz” instagram sahifasida tarqalgan videoxabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

    Videoda aytilayotgan fuqaro Shohrux Rofiyev Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2023 yil 21 iyuldagi №99 BM (6) sonli buyrug‘i bilan talabalar safidan chiqarilgan. Maʼlumot o‘rnida alohida taʼkidlash kerakki, bugungi kunda mazkur fuqaroning SamDU ga umuman aloqasi yo‘q bo‘lib, u OTM talabasi hisoblanmaydi.

    Shohrux Rofiyev ushbu holatdan norozi ekanligini bildirib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga murojaat qilgan. 

    2024-yil 14-fevral kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hal qiluv qarori qabul qilingan. Sud tomonidan uning daʼvolari rad etilgan.

    Tomonlarga hukmdan norozi bo‘lsa tegishli tartibda yuqori instansiya sudlariga apellyatsiya arizasi berishi mumkinligi tushuntirilgan.

    Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati barcha OAV uchun ochiq. Noxolis axborotlarni tarqatish maqsadga muvofiq emas. Axborotlarni chuqurroq o‘rganib, keyin ommaga taqdim etishni tavsiya etamiz. Bu borada hamkorlik qilishga tayyormiz.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.