Samarqand davlat universiteti rektorining

xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi,

dotsent Sh.B.To‘xliyevaga!

 

    Hurmatli Sharofat Bektoshevna! 

    Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy tabriklayman. Uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman.

    Siz Samarqand davlat universitetida faoliyat ko’rsatayotgan, ta’lim olayotgan xotin-qizlarning sardori sifatida juda ko’p, xayrli ishlarni amalga oshirmoqdasiz. Hayotda to’plagan katta tajribangiz, tashkilotchilik qobiliyatingiz, odamlarni ergashtira olishingiz alohida e’tirofga sazovor.

    Sizdagi insoniylik, talaba-qizlarimizga bo’lgan onalarcha mehrni ko’pchillikga o’rnak qilib ko’rsatsak bo’ladi.

    Bugungi kunda Siz rahbarligingizda SamDU xotin-qizlari o’rtasida olib borilayotgan targ’ibot ishlari, keng ko’lamli xayrli tadbirlar nafaqat universitet rahbariyati, balki vazirligimiz, viloyat hokimligi va bir qator jamoat tashkilotlari tomonidan yuqori baholanmoqda.

    Sizdagi g’ayrat, shijoat, metin iroda, talaba-qizlarimiz uchun ibrat maktabidir.

    Qadrli Sharofat Bektoshevna!

    Sizning otangiz davlat va jamoat arbobi, Mehnat Qahramoni Bektosh Rahimov Samarqand davlat universitetining mashhur bitiruvchilaridan biri hisoblanadi. Sizni ulug’ sulolanining davomchisi sifatida ham qadrlaymiz.

    Samarqand davlat universiteti jamoasi, rahbariyat Siz bilan haqli ravishda faxrlanadi. Alloh umringizga, rizqingizga, oilangizga baraka bersin.

    Tug’ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

 

Rustam Xolmurodov,

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati a’zosi.