Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakultetida Shimoliy Kavkaz federal universiteti bilan hamkorlikda shu mavzuda xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda…

    Anjumanda geografik tadqiqotlarning zamonaviy metodlari, tajribalari, dolzarb muammolari va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsad qilingan. Shuningdek, geografik tadqiqotlarda innovatsion yondashuvlar borasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtidorli yosh olimlarni istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarga jalb qilish ko’zda tutilgan.

    ZOOM platformasi orqali o’tkazilgan tadbirda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning zamonaviy muammolari, atrof-muhitga antropogen ta’sirni baholash, aholi geografiyasi va demografyasi, geografiyada fanlararo tadqiqotlar, hududlarni barqaror rivojlantirish masalalari, turizm va mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish, geografik ta’limi muammolari, geografik tadqiqotlarda geoaxborot texnologiyalardan foydalanish kabi muammolarni yechimiga bag‘ishlangan mavzularda ma’ruzalar qilindi.

    Xalqaro konferensiya sho‘balarga bo’lingan holda davom etmoqda.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.