Samarqand davlat universiteti va Samarqand viloyat prokuraturasi o‘rtasida memorandum imzolandi...
Samarqand davlat universitetiga Samarqand viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi Murodqosim Eshnazarov boshchiligida viloyat prokuraturasi masʼul xodimlari tashrif buyurdi.
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov prokuratura xodimlariga universitetda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Muloqotda SamDU yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni o‘qitish, ularni amaliyot o‘tashi uchun o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ko‘p yillik tajribaga ega prokuraratura organi xodimlarining talabalarga dars berishi, o‘z navbatida talabalarni prokuratura tizimini chuqurroq o‘rganishga imkoniyat berish, darslik, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash, ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Muloqot so‘ngida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.