Samarqand davlat universitetiga Italiyaning Boloniya universiteti rektori, professor Govani Molari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

 

    Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O'zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a'zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda tomonlar o'rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Qishloq xo'jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofazasiga bag'ishlangan fanlararo qo'shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

    Hamkorlikda arxeologiya, tarix, muzeyshunoslik, musiqa, san'at sohalarida madaniy haftaliklar o'tkazilishi rejalashtirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.