Martabali mehmon bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

    Muloqotda SamDU va Hindiston oliy ta’lim muassalasalari o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Fan, ta’lim, qishloq xo’jaligi, iqtisod, muhandislik, biokimyo, yadro fizikasi, agrobiotexnologiyalar sohalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov SamDU huzurida Hindiston universitetlari bilan ilmiy markazlar tashkil qilishni, unda kambag’alikka qarshi kurashish, barqarorlikni ta’minlash, gidrologiya, iqlim o’zgarishi bilan bog’liq muammolarga yechim topishilishi lozimligini bildirdi.  

    Elchi mazkur taklifni qo’llab-quvvatlab hamkorlikning istiqbolli bo’lishiga ishonch bildirdi.

    Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universitetida 8 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. 10 ga yaqin SamDU tadqiqotchilari Hindistonning nufuzli universitetlarida stajirovka o’tagan.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati,

Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.