Samarqand davlat universiteti mutasaddilari Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari agrar oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumida ishtirok etdi…
Joriy yilning 19-20 sentyabr kunlari Xitoyning Shimoli-G'arbiy qishloq xo'jaligi va o'rmonchilik universitetida ShHT davlatlari agrar universitetlari rektorlarining 3-forumi bo'lib o'tdi.
Nufuzli anjumanda SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Hakim Xushvaqtov va Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori Toshpo’lot Rajabovlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida Hakim Xushvaqtov “Ta'limning globallashuvi - akademik faollik drayveri: Samarqand davlat universiteti tajribasi” nomli ma’ruza bilan so’zga chiqdi.
Xitoyning Shimoli-G'arbiy qishloq xo'jaligi va o'rmonchilik universitetiga tashrif davomida Samarqand davlat universiteti bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish hamda kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, ushbu universitet birinchi prorektori, professor Luo Jun va Agronomiya fakulteti dekani professor Li Xuejun bilan uchrashuvlar o’tkazildi. Muloqotda SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida bug’doy seleksiyasi va urug’chiligi yo’nalishida tadqiqotlar olib borish, qo’shma dala tajriba stansiyasini tashkil etish masalalari kelishib olindi. Hamkorlik doirasidagi amaliy ishlarni boshlash va vazifalarni belgilash naqsadida Shimoli-G'arbiy qishloq xo'jaligi va o'rmonchilik universitetining bir guruh delegatsiyasi joriy yilning oktyabr oyida SamDU ga tashrif buyurishi belgilandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.