Analitik kimyo kafedrasi
Analitik kimyo kafedrasi mudiri
Begmatov Rizamat
- Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: 99-5927706
- Elektron pochta: rbegmatov@samdu.uz
Biografiya
1998-2002 yy. -Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti bakalavriyat talabasi
2002-2004 yy - Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi magistranti
2004 -2016 yy -Samarqand davlat universiteti 1-son akademik litseyda kimyo fani o’qituvchisi
2017 -2019 yy -Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi tayanch doktoranti
2020 -2021 yy -Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi assistenti
2021 y.h.v -Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi mudiri v.b.
Analitik kimyo kafedrasi
Kafedra 1933 yilda dotsent Yu.G.Titovaning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida kafedra tugatilgan va 1967 yilda prof. A.H.Ataullayev tashabbusi bilan qayta tiklangan. Unga 1967 yildan 1979 yilgacha dots. Nusrat Safarovich Zokirov, 1979 yildan 1984 yilgacha dots. Vladimir Anatolevich Alekseyevskiy, 1984 yildan 1989 yilgacha prof. Timur Qurbonovich Hamroqulov, 1989 yildan 2010 yilgacha prof. O.Fayzullayev, 2010 yildan 2014 yilgacha dots. A.Quvatov, 2014 yildan 2016 yilgacha dots. E.Ruziyev, 2016 yildan 2021 yilgacha prof. E.Abduraxmanovlar rahbarlik qilishgan. Kafedraga 2021 yildan boshlab (PhD) R.Begmatov mudirlik vazifasini vaqtincha bajarib kelmoqda.
Kafedrada 10.5 shtat birligida 12 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda. Shulardan bir nafari kimyo fanlari doktori, professor, 5 nafar dotsent, ulardan 4 nafari kimyo fanlari nomzodi, 1 nafari fizika-matematika fanlari nomzodi, 2 nafari (PhD) katta o’qituvchi, va 4 nafari assistent. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 67 % ni tashkil etadi.
Kafedrada “Elektrokimyoviy tahlil usullari”, “Spektroskopik tahlil usullari”, “Xromatografik tahlil usullari” va “Gazlar analizi usullari” maxsus laboratoriyalari mavjud. Kafedra professor-o’qituvchilari “Atrof-muhit obektlarini nazorat qilish uchun usul va asboblar yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Kafedra mamlakatimiz sanoat korxonalari va tibbiyot muassasalari, oliy o’quv yurtlari, akademik litsey, kollej va o’rta maktablar uchun yuqori malakali kimyogar- analitiklar etishtirib bermoqda.
Kafedrada professor-o’qituvchilarining sermahsul ijodi natijasida 5 ta darslik, 20 ta o’quv qo’llanma, 120 dan ortiq o’quv–uslubiy qo’llanmalar va tavsiyalar tayyorlanib chop etilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bugungi kunda bir nechta davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Kafedrada 02.00.02-Analitik kimyo ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura faoliyat ko’rsatmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari
Bakalavr yo’nalishi
- Analitik kimyo
- Kvant kimyo
- Neft va gaz kimyosi
- Fizikaviy tadqiqot usullari
- t.f. Tabiiy va texnik obyektlar analizi
- t.f.Gazlar analizi va xromatografisi
Magistratura yo’nalishi