Baxtli oila sirlari

Oila baxtli bo‘lishi uchun muhabbatning o‘zi yetarli emas. Doimo o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va donolikni ko‘rsata bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Oila ruxshunoslari 10 yillar davomida ayrim qonuniyatlarni aniqlashtirish uchun bir nechta baxtli oilalarni o‘rgandilar. Mana ularning siri:
Ko‘proq suhbatlashing:
Baxtli er-xotinlar bir-birlari bilan har qanday mavzuda suhbatlashadilar, maslahat so‘raydilar va mamnuniyat bilan yangiliklarni o‘rtoqlashadilar.
Tez-tez muhabbat izhor qilib turing:
Ayollar qulog‘i bilan yaxshi ko‘radi deganlariga ishonmang, erkaklarga ham yoqimli so‘zlar xush yoqadi. Eringiz va farzandlaringizga ularni juda yaxshi ko‘rishingizni aytish uchun sabab qidirishingiz shart emas. Shuningdek, nozik tuyg‘ular ham juda muhim – tez-tez bag‘ringizga bosing erkalang.
Optimist bo‘ling:
Ijobiy kayfiyat va har narsaning yaxshi tomonlarini ko‘ra bilish oilaviy hayotda o‘zgartirib bo‘lmaydigan fazilatdir.
Ko‘ngilsizliklarga duch kelsangiz ham, osoyishtalik va dadillikni saqlang – sizning oilangiz albatta hammasini yengib o‘tadi.
Ko‘p vaqtingizni birga o‘tkazing, vaqtichog‘liq qiling:
Turmush sizni ezishiga yo‘l qo‘ymang. Birgalikda kino va restoranlarga boring, stol o‘yinlari o‘ynang.
Oilaviy anʼanalarni qo‘llab-quvvatlang:
Oilada avloddan-avlodga o‘tadigan anʼana va odatlarning bo‘lishi juda yaxshi. Bular insonlarni bir-birlariga yaqinlashtiradi va jipslashtiradi.
Bir-biringiz o‘rganing:
Bir-biringizga qiziqarli bo‘lish uchun bir-biringizga yordamlashing.
Bir-biringizni hurmat qiling:
Bir-biringizni o‘z izmingizga bo‘ysundirishga harakat qilmang – munosabatlaringiz orasida havo bo‘lsin, bo‘lmasa bir-biringizdan zerikib, siqilib ketasiz.
Uyda shinam sharoit yarating:
Uyda shunday sharoit yaratingki, kelishingiz bilan bag‘ri-dilingiz ochilsin. Uydagi har bir buyumdan iliqlik taralib tursin.
Minnatdor bo‘ling:
O‘zingizda borini qadrlashga va bir-birlaringizdan, hattoki mayda narsalar uchun ham minnatdor bo‘lishga o‘rganing.
Oilaviy dasturxon atrofida to‘planing: ruhshunoslarning fikricha, bir dasturxon atrofida to‘planib ovqatlanadigan oilalar mustahkam va baxtli bo‘ladi.
Uddaburonlikni namoyon eting:
O‘zingizga savol bering: “Men haq bo‘lishni xohlaymanmi yoki baxtli bo‘lishni xohlaymanmi?” Ha, baʼzan siz bilan turmush o‘rtog‘ingiz yoki bo‘y yetib qolgan farzandlaringiz orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi, biroq orangizdagi sevgi va o‘zaro hurmat sizlarni murosaga keltiradi.
Uyingiz doim muhabbat va samimiylikka to‘lib turishini tilab qolaman!
Muxtasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti o‘qituvchisi