Meni AQSHlik talabalarning ma’ruzada qanday qatnashishlari qoyil qoldirdi!

     Birinchidan, talabalar ma’ruzagacha mavzuni to'liq o'rganib chiqishadi va unda nima haqida gap ketishini oldindan bilib olishadi. Ular shunchaki mavzuni o'qib chiqishmaydi, balki, uni to'liq yodlab chiqishga va tushunishga harakat qilishadi. Xullas, ma’ruzaga hamma qurollanib boradi)

     Ikkinchidan, ma’ruza uchun texnik tayyorgarlik kishini lol qoldiradi. Hamma leksiyaga o'z ustida ishlash uchun keladi, bekorga vaqt o'tkazish uchun emas! Shuning uchun hamma «tish tirnog’igacha qurollanib»: kitob, qo'llanmalar, ilmiy jurnallardan maqolalar, noutbuk va planshetlar, daftar, rangli ruchkalar va markerlar bilan keladi. Albatta, o'zlari bilan ichimlik va yegulik ham olib kelishadi, axir bu – Amerika.

     Tabiiyki, buncha yukni leksiyaga ko'tarib borish qiyin, shuning uchun ham ko'pchilik QIZLAR ma’ruzaga g'ildirakli chemodan bilan borishadi. Ularni birinchi marta ko'rganimda chet ellik talabalar aeroportdan tog'ridan-to'g'ri darsga kelishibdimi debman) Keyin bilsam bunday emas ekan.

     Endi professorlar haqida. Qarang, kitobda yozilganlarni shunchaki o'qib berish uchun leksiyaga kelishdan foyda yo'q (ha, bizda buni aksi). Agar professor kitobda yozilgan ma'lumotlar bo'yicha leksiya o'tsa, leksiyasining davomati nolga tushib ketadi va professor boshqa ish qidirishiga to’g'ri keladi.

     Ma’ruzada professor kitobdagi ma'lumotlarni shundayligicha o'qib bermaydi, aksincha, ularni «sodda til» bilan tushuntirishga, shu sohadagi so'nggi ma'lumotlar bilan boyitishga harakat qiladi va klinikada bu ma'lumotlarning qanday ahamiyatga ega ekanligini tushuntiradi.

     Masalan, alkogol metabolizmi. Hamma bu mavzuga oid fermentlar, kofermentlarni biladi va shuning uchun ham mavzuga kirish savollardan boshlanadi: nima uchun alkogol gipoglikemiyaga, triglitseridlar sintezining ortishiga va yog'li gepatoz shakllanishiga olib keladi? Nima uchun sport bilan shug'ullangandan keyin alkogol iste'mol qilish mumkinmas va bu xatto o'limga olib kelishi mumkin?

     AQSHda o'qish pulli bo'lgani uchun ham, professorga oylik leksiyasi davomati bilan belgilanadi. Professorning reputatsiyasiga qarab u soatiga $15 dan $800 gacha pul oladi. Leksiyaning davomiyligi esa 11 soatgacha bo'lishi mumkin!

 

Doston Kasimov.