Yoshlar texnoparki Samarqandda yangi dasturchilar maktabi paydo bo'lishiga xizmat qiladi
Innovatsion rivojlanish vazirligining Samarqand davlat universitetida joylashgan Samarqand viloyati Yoshlar texnoparkining ochilish marosimi davom etmoqda.
- Bugungi qutlug' Ramazon oyida Yoshlarimizni qo'llab-quvvatlovchi texnoparkimizning ochilishi barchamizni quvontiradi, - deydi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov. - Mazkur texnopark Samarqandda yangi dasturchilar maktabi paydo bo'lishiga xizmat qiladi. Uning Samarqand davlat universitetida ochilishidan asosiy maqsadimiz ham shu: ilm-fanni raqamlashtirish, yoshlarimizni salohiyatli, zamonaviy bilimlarga ega qilib tarbiyalashdir.