Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Hotam Umurovning “Adabiy ijod asoslari” nomli darsligi nashr etildi.

    Mazkur darslik bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda adabiy ijod asoslari sirlarining ba’zi asosiy qirralarini o’rgatadi. Unda muallif qobilyat, iste’dod, talant tushunchalarning mohiyati, ilhom, uslub, adabiy mahorat nima ekanligi, ilk reja qanday yuzaga kelishi hamda shakllanishi kabi qator masalalarni atroflicha yoritgan. Darslik filologiya mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga, yosh qalamkashlarga adabiy ijodning mohiyati, xususiyatlari haqida dastlabki tasavvurni beradi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati