Lishayniklar turli substratlarda o‘sadi va u yerlarda asta-sekin organik moddalar to‘plab, yuqori o‘simliklarning o‘sishiga zamin yaratadi. Ko‘pchilikga noma’lum, murakkab simbiyotik organizmlarning o‘ziga xos guruhi qishloq xo‘jaligida, oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, parfyumeriya sanoatida, atrof-muhitning ekologik parametrlarini baholashda, ushbu guruh organizmlarining biogeotsenotik ahamiyati alohida o‘rin tutadi. Ular tuproq hosil qiluvchi faktor hisoblanadi, chunki uning faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan kislota har qanday toshlarni va tog’ jinslarini nuratadi. Ya’ni lishayniklar ularning maydalanib tuproqqa aylanishiga sabab bo‘ladi. Umrining uzunligi, muhit sharoitlariga ham talabchanligi va uning noqulay ta’siriga chidamli lishayniklarning ba’zi biogiotsenozlarda asosiy komponent bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Lishayniklarlarning u yoki bu biogiotsenoz florasidagi ahamiyati lishaynik koeffitsiyenti orqali belgilanadi, bu esa lishaynik turlari sonining yuksak o‘simliklar turlari soniga munosabatini bildiradi. Bu koeffitsient qanchalik yuqori bo‘lsa, ma’lum bir hududda lishayniklar shunchalik yuqori ahamiyat kasb etadi. Lishayniklarning tarqalish chegaralari bir qator sabablarga, shu jumladan, havoning ifloslanish darajasiga ham bog’liq. Shunga ko‘ra ular havo tozaligini ko‘rsatuvchi indikator bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ifloslangan havoning lishayniklarga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan tarkibiy qismlari: oltingugurt dioksidi (SO2), azot oksidi, uglerod oksidi, ftor birikmalari va boshqalar. C etra ria islandica lishaynikning tarkibida kraxmalga o‘xshash uglevodlar to‘planadi. Shuning uchun, uni ovqat bilan iste’mol qilsa bo‘ladi. Ko‘plab lishayniklarning shifobaxsh xususiyatlari, shuningdek, A, B 1, B 2, B 12, C, D vitaminlari tarkibi bilan izohlanadi. C etra ria islandica ham dorivor maqsadlarda foydalaniladi. Bu lishaynik iste’mol qilishdan oldin issiq suv bilan yuviladi, shunda uning tarkibidagi kislotalar ketib, tozalanadi va achchig’i yo‘qoladi. Oziq-ovqatda ishlatiladigan lishayniklarga Manna lishaynigi ham kiradi. Undan tashqari uy hayvonlariga ham lishayniklardan yem sifatida foydalanish mumkin. Masalan yagel (Cladonia ) Aspisialiya eskulinta va Aspisiliya al’pino-dzertorumtur lishayniklar ishlatiladi. Ularning tallomi erkin, mayda, sharsimon bo‘laklardan iborat bo‘lib, havo quruq vaqtlarda shamol bilan uchib bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chib o‘tadi va tarqalib, yer betini bosadi. Uning qalinligi ba’zi chuqur yerlarda 10-15 sm ga yetadi. Bu lishaynik meditsinada ham ishlatiladi. Bunday lishayniklarga parmeliya va peltigeriyalar ham kiradi. Shimoliy tundrada o‘suvchi setrariya kukullatadan vitamin C olinadi. “Dub mohi” deb ataladigan everniya lrunastriy lishaynigida xushbo‘y moddalar ko‘p bo‘lganligidan, u parfyumeriya sanoatida efir moyi olish uchun xom ashyo sifatida foylalaniladi va undan “Shipr” atri va odikoloni tayyorlanadi. Bu lishaynikdan Turkiya va Misrda nonni xushbo‘y qiluvchi modda sifatida foydalaniladi. Lishayniklardan iqtisodiy foydalanishning yana bir sohasi bu farmatsevtika. U yuqori molekulyar og'irlikdagi organik birikmalar lishayniklarining tallomi tarkibi - "lishaynik kislotalari" taxminan 230 dan ortiq bakteriostatik va antibakterial xususiyatlariga ega. Usnat natriy infektsiyalangan yaralarni, trofik yaralarni, kuyishlarni davolashda tashqi tomondan ishlatiladi. Bu glyukoza konditer sanoatidagina emas, tibbiyotda ham katta ahamiyatga ega. Bir sentner quruq setrariya islandika lishaynigidan tarkibida 65 - 75% glukoza bo‘lgan 1s patoka, undan esa, 70 kg.ga yaqin glyukoza kristali olinadi. Lishaynikning kladoniya va setrariya turlaridan 80 - 86% li spirt olish mumkin. O‘rta dengizga yaqin Azor va Kanar orollarida ko‘p tarqalgan lishayniklarning Rochchela turlaridan lakmus va orseyl bo‘yoqlari olinadi. Lakmus olish uchun lishaynklar maydalanib suvga qoriladi va unga ozroq ammiak qo‘shiladi. Bu qorishma maxsus bakteriyalar vositasi bilan achiydi, achigan qorishma to‘q-qizil rangga bo‘ladi. Agar unga ishqor qo‘shilsa, ko‘k rangga kiradi. Rossiyada lakmus tayyorlash uchun tundrada ko‘p tarqalgan oxrolexia tartarea lishaynigidan foydalaniladi. Lishayniklar orasida zaharli turlari ham uchraydi. Shimolda o‘suvchi letariya vulpina degan zaharli lishaynikni, ovchilar bo‘rilarni zaharlash uchun ishlatadi. Lishayniklar odamga deyarli hech qanday zarar keltirmaydi. Ular daraxt po‘stloqlarida yashab, uning hisobiga oziqlanadi, ammo daraxtninig tirik to‘qimalariga zarar yetkazmaydi. Lekin ular daraxtlardagi yasmiqchalarning sirtini bir muncha berkitib qo‘yadi, buning natijasida daraxt tanasida havo almashinuvi biroz og’irlashadi. Lishayniklarning daraxt qobig’ida yashashi ba’zi zararli hashoratlar uchun qulay sharoit tug’diradi, hashoratlar daraxtga va uning po‘stiga uya qo‘yadi. Shuning uchun ham daraxt tanasidagi lishayniklarni yo‘qotish tavsiya etiladi. Umrining uzunligi, muhit sharoitlariga ham talabchanligi va uning noqulay ta’siriga chidamli lishayniklaring ba’zi biogiotsenozlarda asosiy komponent bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Lishayniklarlarning u yoki bu biogiotsenoz florasidagi ahamiyati lishaynik koeffitsienti orqali belgilanadi, bu esa lishaynik turlari sonining yuksak o‘sim liklar turlari soniga munosabatini bildiradi. Bu koeffitsient qanchalik yuqori bo‘lsa, ma’lum bir hududda lishayniklar shunchalik yuqori ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, lishayniklar tabiat uchun foydali balkim inson faoliyatida oziq-ovqat, dori-darmon, parfumeriya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda keng foydalanilanish bo‘yicha manba hisoblanadi va undan unumli foydalanishni hozirgi zamon tajribasi taqozo etadi.

 

Ma’sudjon Norqulov,

Samarqand davlat universiteti doktoranti.