29-sentyabr kuni  2022-yil uchun  Xalqaro Global innovatsion indeks reytingi natijalari e’lon qilindi. O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida o‘tgan yilgidan 4 pog‘ona yuqorilab, 132 davlat orasida 82-o‘rinni egalladi.

    Bu yilgi hisobot “Innovatsion rivojlanishning kelajagi”ga bag‘ishlangan bo‘lib, u innovatsiyalarning kelgusi o‘n yillikda mehnat unumdorligi va jamiyatning farovonligiga ta’sirini baholaydi.

    O‘zbekiston 2015-yilda 141 ta davlat orasidan 122-o‘rinni, uzoq tanaffusdan keyin, 2020-yilda 131 ta davlat orasida 29 pog‘onaga yuqorilab, 93-o‘rin bilan ushbu reytingga qaytgan edi.

    Joriy yilda esa, bu reytingda umumiy 4 pog‘onaga ko‘tarilib, “innovasiyalarni joriy etish uchun mavjud resurslar va sharoitlar” (Innovation Input – Kirish indeksi) bo‘yicha 7 pog‘ona ko‘tarilgani – 68-o‘rin, “innovasiyalarni joriy etishda erishilgan amaliy natijalar” (Innovation output – Chiqish indeksi) bo‘yicha 9 pog‘onaga yuqorilagani – 91-o‘rin qayd etilmoqda.