2022-2023 oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalari talaba va abituriyentlar oʻqishi uchun kontrakt miqdorini toʻlashning soʻnggi muddati 2022 yilning 1 noyabr sanasi etib belgilandi.

         Ushbu muddat:

  • toʻlov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
  • tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
  • oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati