“Yil talabasi-2022” Respublika tanlovining universitet bosqichi g’oliblari taqdirlandi…

- “Yil talabasi” shunchaki oddiy tanlov emas, balki talabalarning qobilyatlarini namoyon qiladigan, ilm-ma’rifatga yo’naltiradigan, iste’dodlarni rag’batlantiradigan kuchdir, - deydi SamDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova. - Yetti nominatsiya bo’yicha mutlaq g’olib bo’lgan talabalar Respublika bosqichida ham yuqori o’rinlarni qo’lga kiritishiga ishonchim komil. SamDU siz kabi talabalar bilan faxrlanadi. Qolgan talabalar ham sizning ortingizdan ergashadi. Barchangizning ilmiy ishlaringiz va ijodlaringiz bardavom bo’lsin. Hammangizga omad tilayman...
Tanlovda turli xil nominatsiyalar bo’yicha g’olib bo’lgan quyidagi talabalar pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
- Yilning eng faol targʻibotchi talabasi nominatsiyasi bo’yicha: tarix fakulteti talabasi Mehroj Isayev 1-o’rin, filologiya fakulteti talabasi Muyassar Mustafoyeva 2-o’rin, psixologiya va ijtimoiy va siyosiy fanlar fakulteti talabasi Shoxista Turdialiyeva 3-o’rin;
- Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi nominatsiyasi bo’yicha: matematika fakulteti talabasi Mahbuba Salimova 1-o’rin, matematika fakulteti talabasi Toshtemir Abduraxmonov 2-o’rin, SamDU Muhandsilik fizikasi instituti talabasi Xayrullo Narzullayev 3-o’rin;
- Yilning eng faol sportchi talabasi nominatsiyasi bo’yicha: matematika fakulteti talabasi Fayzullo Mardiyev 1-o’rin, tarix fakulteti talabasi Urganchbek Egamnzarov 2-o’rin, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Shaxriyor Jo‘rayev hamda sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Asror Hamidovlar 3-o’rin;
- Yilning eng faol iqtidorli talabasi nominatsiyasi bo’yicha: sport faoliyati va san’at fakulteti talabasi Bahodir Hamroqulov 1-o’rin, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Mohigul Erkinova 2-o’rin, SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti talabasi Anvar Ergashev 3-o’rin;
- Yilning eng faol ijodkor talabasi nominatsiyasi bo’yicha: filologiya fakulteti talabasi Shahrizod Shodiyev 1-o’rin, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Mohinur Isomiddinova 2-o’rin, kimyo fakulteti talabasi Gulbeka Mamatova 3-o’rin;
- Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun) nominatsiyasi bo’yicha: intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti talabasi Nilufar Omonova 1-o’rin; psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti talabasi Xurshida Rahmonova 2-o’rin, inson resurslarini boshqarish fakulteti talabasi Nurjahon Xolmirzayeva 3-o’rin;
- Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi: yuridik fakulteti talabasi Saidmuhammad Ibodullayev 1-o’rin, psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti talabasi Aziza Qurbonova va biologiya fakulteti talabasi Dilnoza Muhammadiyevalar 2-o’rin; filologiya fakulteti talabasi Zebiniso Mansurova va maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Mehrangiz Abruyevalar 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.