“Prezidentim murojaatnomasidan so‘ng Vatanim oldidagi vazifalarim” shiori ostida tadbir tashkil etildi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63a85760ef83b-63a85760ef83d-63a85760ef83e-63a85760ef83f.jpg)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti jamoasi tomonidan ham katta qiziqish bilan kutib olindi. Murojaatnomada Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida 2023-yilda qo‘yilgan maqsad va vazifalar institut talaba yoshlari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida keng muhokama qilindi. Ayniqsa, 2023-yilga “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” deb nom berilishi, uning zamiridagi asosiy maqsad va rejalar talabalarga yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, professor-o’qituvchi va talabalar Murojaatnomadan so’ng o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari bilan o‘rtoqlashishdi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.