Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63b50a4f08a5d-63b50a4f08a60-63b50a4f08a61-63b50a4f08a62.jpg)
Samarqand davlat universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori R.M. Ibodovga!
Hurmatli Rustam Mustafoyevich!
Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman.
Siz Samarqand davlat universitetida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqdasiz. Samarqanddagi nazariy fizika maktabiga asos solgan taniqli olimsiz. Bu nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro doiralarda ham keng eʼtirof etilgan.
Ilmiy va pedagogik faoliyatingiz davomida bir qator shogirdlar tayyorladingiz. Ko‘plab ilmiy tadqiqotlaringiz, monografiya va o‘quv qo‘llanmalaringiz nashr etilgan.
Sizning o’nga yaqin xalqaro grant va fundamental loyihalaringiz fizika sohasi taraqqiyoti uchun xizmat qilib kelmoqda. Ayniqsa, o’tgan yili germaniyalik hamkorlar bilan ishlab chiqqan xalqaro grantingiz alohida tahsinga sazovordir.
Samarqand davlat universiteti jamoasi Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi. Alloh umringizga, rizqingizga, kasbingizga baraka bersin.
Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi.