“Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir”...

Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan “Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi harbiy xizmatchilari, Samarqand davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, harbiylar tomonidan tayyorlangan videolavha namoyish etildi…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.