Samarqand va Rossiya matematiklari hamkorligi…
Samarqand davlat universitetiga Qozon federal universitetining prorektori hamda N.I. Lobachevskiy nomidagi matematika va mexanika instituti direktori, professor Yekaterina Turilova tashrif buyurdi. Mehmonlarni Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.
Tashrifdan asosiy maqsad SamDU matematiklari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yishdir.
Qozon davlat federal universiteti bilan matematika va mexanika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy ishlar natijalarini chop etish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari ko’rildi.
Shuningdek, geometriya va matematik statistika sohasida qo’shma magistratura dasturlarini ishlab chiqish va tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Qozon federal universiteti va Samarqand davlat universiteti yuqoridagi masalalar yuzasidan o’zaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.