Samarqand davlat universitetida “Golden hands” markazi ochildi…
- Ushbu to’garakning asosiy faoliyati talabalarning amaliy va tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, ijodkorlarning iste’dodini namoyish etish va yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishdir, - deydi SamDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori, professor Shahzoda Negmatova. – Bu hali boshlanishi. Markaz kelajakda faoliyatini kengaytirib, yirik maktab bo’lishiga ishonaman. SamDU sport faoliyati va san’at fakultetining iqtidorli talabasi Bahodir Hamroqulov boshchiligidagi ushbu markazning faoliyatiga omad tilayman…
- Bolaligimdan ijodga, tasviriy san’atga bo’lgan qiziqish sabab, SamDU san’atshunolik yo’nalishiga o’qishga kirdim. San’at nima, deb so’rashsa, hayotim mazmuni deya javob beraman, - deydi SamDU talabasi Bahodir Hamroqulov. – Bugun jamoamiz bilan markaz faoliyatini ishga tushirishga muvaffaq bo’ldik. Asosiy maqsadimiz, universitetdagi iqtidorli talabalarni bir joyda jamlash, iqtidorini namoyish etish va ularning ko’rgazmalarini o’tkazish. Shuningdek, qiziqishi bo’lgan talabalarga rassomchilik sir-asrorlarini o’rgatishdir… Bizga mana shu imkoniyatni yaratib bergan, universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Barcha talabalarni markazimizga taklif qilaman.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.