“Qon – bu hayot”
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63ef72a5dbd1c-63ef72a5dbd1e-63ef72a5dbd1f-63ef72a5dbd20.jpg)
Samarqand davlat universitetida ushbu mavzuda davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda SamDU xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi Sharofat To‘xliyeva, viloyat qon quyish markazi shifokorlari ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Muloqotda “Donorlikning ahamiyati”, “Qon va uning tarkibi donorligi shartlari”, “Qon – bu hayot” mavzularida ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti talabalari mavzuga oid sahna ko’rinishini namoyish qildilar.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.