Yaponiyada bo’lib turgan Samarqand davlat universiteti olimlari Tottori universiteti bilan o’rnatilgan hamkorlik, uning asosiy maqsadlari va kelgusidagi rejalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti hamda biologiya fakulteti professor-o’qituvchi va talabalari bilan Zoom orqali uchrashuv o’tkazdi. Seminarda Tottori universiteti professorlari Kristina Toderich, Jiro Iida hamda SamDU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Akmal Axatovlar ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Tottori universiteti bilan olib borilayotgan hamkorlik yo’nalishlari va SamDU talabalari uchun berilayotgan imkoniyatlar to’g’risida batafsil ma’lumot berildi. Talabalarni xorijiy tillarni o’rganish, o’zlari tanlagan sohalar bo’yicha chuqur bilim olish kerakligi ta’kidlandi.

    Delegatsiya tarkibidagi tadqiqotchilar Abdubakir Qo’shboqov hamda Dostonjon Bahriyevlar Tottori universitetida o’rgangan ko’nikma va taassurotlari bilan yaqindan o’rtoqlashishdi.

 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.