Samarqand davlat universiteti va ota-onalar hamkorligi…

Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida ota-onalar bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Tadbirni Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev kirish so’z bilan ochib, ta’lim tizimi, imtihon jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, HEMIS dasturi va uning ahamiyatini tushuntirib, ota-onalar ushbu tizim orqali farzandlarining o’qishini nazorat qilishlari mumkinligi haqida to’xtaldi.
Tadbir davomida talabalarning ta’lim sifatini oshirish yuzasidan turli fikrlar almashildi. Ota-onalar farzandi o‘qishga kirgandan so‘ng, dunyoqarashi va fikrlashi ma’lum ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini ta’kidlab, professor-o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirdi.
- Nevaram tarix fakultetida o’qiydi. Bolalarimning o’qishiga befarq bo’lmagan holda ularning holidan tez-tez xabar olib turaman, - deydi Nizom Xushnazarov. –Bu yerdagi sharoitlarni ko’rib havas qildim. Yoshlarimizning sifatli ta’lim olishlari uchun shunday imkoniyatlar yaratib berayotganligi uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman.
- O’zim o’qituvchiman, maktabda dars beraman. Farzandim 1-kursda tahsil oladi. Uning o’qishi doimiy ravishda nazoratim ostida, - deydi Zuhra Nasriyeva. – So‘nggi yillarda universitetingizda olib borilayotgan o’zgarishlar va yangiliklardan xabarim bor. Men bolamni Samarqand davlat universitetida o’qiyotganligidan faxrlanaman. Barcha ustozlaridan minnatdorman.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.