“AGROPRO EXPO 2023” xalqaro ko’rgazmada Samarqand davlat universiteti talabalari ishtirok etdi…
Samarqandda “SOF EXPO Samarqand” ko‘rgazmalar markazida “AGROPRO EXPO 2023” keng qamrovli II xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi o’tkazildi.
Xalqaro ko’rgazmada ilm-fan yutuqlariga asoslangan qishloq xo’jalik ishlanmalari, texnikalari va innovatsiyalari namoyish etildi. Ko’rgazma doirasida 100 dan ortiq mahalliy va xalqaro tashkilotlar hamda yirik ishlab chiqarish kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti professor-o’qituvchi hamda talabalari ushbu xalqaro ko’rgazmada faol ishtirok etdi.
Ko’rgazma davomida institut talabalarining faol ishtiroki, ilmga chanqoqligi va bildirgan qiziqishlari uchun xalqaro ko’rgazmaning maxsus sertifikati va tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.