- Sifatli kadr mehnat bozorida doim qadrlanadi. Farzandlaringizning yaxshi mutaxassis bo’lishi uchun o’qituvchilar bilan siz ham birdek mas’ulsiz, - deydi Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev. – Bolangizning diplom olish uchun emas, yaxshi bilim olishi uchun kurashing. Chet tillarini bilish bugungi kun uchun juda muhim. Ilmga, tilga bo’lgan e’tibor, mamlakat taraqqiyoti uchun qaratilgan e’tibordir.  Keling, og’il-qizingizning darsiga qatnashing. Qolgan kursdoshlari bilan solishtiring. Biz hamkorlikda ish olib borsak, tezroq maqsadimizga erishgan bo’lamiz.

    - Hech bir ota-ona farzandining kelajagiga befarq emas. Shu sabab Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdim, - deydi Muhammadamin Egamberdiyev. – O’g’lim intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida o’qiydi. Shu kunga qadar og’limning o’qishi haqida telefon orqali so’rab turardim. Bugun o’qituvchilari bilan ko’rishish va suhbatlashish nasib qildi. Bolamning yutuq va kamchiliklari haqida so’radim. Ustozlaridan maslahat va tavsiyalar oldim. Ochiq muloqotdan so’ng farzandimning chet tilini o’rganishi nechog’lik muhimligini tushundim. O’qituvchilaridan ko’nglim to’q. Tog’ri yo’nalish bermoqda. Hamma imkoniyatlar mavjud. Bolalarimizdan faqat o’qish talab etiladi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.