Tadbirda SamDU o’quv ishlari bo’yicha prorektorlari Ahmadjon Soliyev hamda Rustam Yo’ldoshevlar ishtirok etdi. 

    Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bo’yicha so’z yuritildi.

    Tadbir davomida professor-o’qituvchi va ota-onalar o’zaro fikr almashib, bugungi uchrashuvning mazmun-mohiyati aniq qilib yoritildi.

    - Talabalarning ta’lim olishida faqat o’qituvchilar emas, balki ota-onaning faolligi juda muhimdir, - deydi SamDU o’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor Ahmadjon Soliyev. – Farzandingiz 30-40 foiz dars jarayonida o’zlashtirsa, qolgan 60-70 foizini mustaqil ta’limdan o’rganishi kerak. Yigit-qizlarimizni o’qitish uchun barcha imkoniyatimiz mavjud…Imtihon jarayonlari boshqa oliy ta’lim muassasalariga nisbatan keskin farq qiladi. Yakuniy nazoratlarni maxsus tashkil etilgan Talabalar bilimini baholash bo‘limi tomonidan o’tkaziladi. Bu jarayondagi shaffoflik shu darajadaki, talabalar yakuniy imtihonni fakultet o‘qituvchilarining ishtirokisiz, talabalar bilimini baholash bo‘limi xodimlari nazorati hamda maxsus kameralar kuzatuvi ostida topshiradi. Yozma ishlar boshqa OTMga yuborilib, bevosita ularning professor-o‘qituvchilari tomonidan xolis baholanadi. Bu borada respublikamizning 10 dan ortiq OTM lari bilan shartnoma imzolangan…

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.