Bugun Samarqand davlat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Askar Jumayevning tug‘ilgan kuni.

    Askar Jumayev 1960-yil Oqdaryo tumanida tug‘ilgan.  63 yoshni qarshi olgan iqtisodchi olim Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti va Samarqand davlat universitetida 35 yildan buyon bir qator lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi Askar Jumayevni samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.

 

Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi.