Tadbirda SamDU o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustam Yo’ldoshev, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Shaxriddin Muranov, xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi Sharofat To‘xliyeva, fakultet dekani Aminjon Aymatovlar ishtirok etdi. 

    Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar psixologiyasi bo’yicha so’z yuritildi.

    Shuningdek, ota-onalar farzandlarining o’qishi uchun universitet bilan hamkorlik qilishi tomonlar uchun manfaatli ekanligi alohida ta’kidlandi…       

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.