Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakultetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “To‘maris izdoshlari” ko‘rik tanlovi o'tkazildi. Unda fakultetning iqtidorli talaba qizlari turli shartlar bo'yicha bellashdi.

    - Bahor fasli kirib kelishi bilan yurtimiz bo‘ylab haqiqiy bayram kayfiyati kezishni boshlaydi, - deydi inson resurslarini boshqarish fakulteti talabasi Madina Azimova - Fakultetimizda bayram shukuhi  ko‘tarinki ruhda boshlandi. Bugungi tanlov biz uchun yorqin lahzalarga, go’zal taassurotlarga boy bo’ldi. Tanlov shartlarini bajarish davomida oilada ayollarga hurmat fazilatlarini yuksaltirish bilan bir qatorda o’zbekona milliyligimizga, boy qadriyatlarimizga munosib ehtirom tuyg’usini shakllantirish bo’yicha munosib ibrat oldik. 

    Tadbir davomida fakultet talabalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, badiiy sahna ko’rinishlari barchaga haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi.

    Tanlov so‘ngida faol ishtirok etgan qizlar esdalik sovg’a va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati