Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o’tkazildi…
Tadbirda SamDU o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev, rektor maslahatchisi Islom Rustamov, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Shaxriddin Muranov, fakultet dekani Rahmatullo Mirzayev, SamDU xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi Sharofat To‘xliyevalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va yoshlarning psixologiyasi bo’yicha so’z yuritildi.
Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti dekani Rahmatullo Mirzayev talabalarning ta’lim olishida faqat o’qituvchilar emas, balki ota-onaning faolligi muhimligini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida professor-o’qituvchi va ota-onalar o’zaro fikr almashdilar.
- O’glimning taklifiga binoan ota-onalar majlisida ishtirok etish uchun Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdim. Farzandim SamDU yuridik fakultetida o’qiydi, - deydi Baxtiyor Haydarov. - Uchrashuv davomida tomonlar uchun manfaatli bo’lgan masalalar muhokama qilindi. Chet tillarini o’rganish farzandimizning kelajagi uchun qay darajada muhimligini tushundim. Ta’lim tizimidagi islohotlardan boxabar bo’ldim. Qolaversa, Samarqand davlat universiteti faoliyati bilan tanishdim. Hashamatli binolarda o’qiyotgan o’g’il-qizlarimizni ko’rib havasim keldi. Ular bilan faxrlandim. Yoshlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman…
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.