Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazildi…
Tadbirda SamDU o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev, o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i Shaxriddin Muranov, xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi Sharofat To‘xliyeva, fakultet dekani Aliqul Ravshanovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, imtihon jarayonlari, HEMIS tizimining afzalliklari, chet tilini o’rganish mohiyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar psixologiyasi bo’yicha so’z yuritildi.
- Farzandim SamDU geografiya va ekologiya fakulteti 2-kurs talabasi, - deydi Zilola Shukurova. – O’zim ham Samarqand shahar 59-maktab o’qituvchisiman. Pedagog va ona sifatida farzandimning o’qishiga befarq emasman. Doimiy ravishda nazorat qilib boraman. O’qituvchilari va tyutori bilan tez-tez gaplashaman. Kamchilik va yutuqlarini tahlil qilaman. Ta’lim tiziminining raqamlashtirilganligi nafaqat o’qituvchi va talabalar, balki ota-onalarni ham ortiqcha ovoragarchilikdan xoli qildi. Sababi endilikda HEMIS tizimi orqali o’qish va imtihon jarayonlarini nazorat qilishimiz mumkin. Farzandimning Samarqand davlat universitetida o’qiyotganligi bilan faxrlanaman.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.