Mehmonni SamDU xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.

    Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda ingliz yoki fransuz tilini biladigan talabalar bilan Fransiya oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirish masalalarini muhokama qilishdir.

    Uchrashuvda tomonlar Fransiya oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish va talabalar uchun grant loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari bo’yicha o’zaro fikr almashdi.

    Shuningdek, aniq va tabiiy fan yo‘nalishlari, ya’ni STEM loyihasi asosida fransuz tilini o‘qitishga alohida e’tibor qaratish, universitetlar o‘rtasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.