Yoshlar akademiyasi rahbari samarqandlik talabalar bilan ushrashdi
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/640efd9a00375-640efd9a00377-640efd9a00378-640efd9a00379.jpg)
Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Yoshlar akademiyasining rahbari Akbarxon Sobirxonov bilan uchrashuv o’tkazildi. Tadbirda Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Akbarxon Sobirxonov yoshlarning ilmiy va startap loyihalari hamda ilm-fan va innovatsiyalaridagi tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash bo’yicha o’zining fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, Yoshlar akademiyasi va uning faoliyati haqida taqdimot qildi.
Tadbir so’ngida talabalarning takliflarini tinglab, o’zining tavsiyalarini berdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.