Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev biologiya, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.

    Birinchi va ikkinchi kurs talabalari ishtirok etgan tadbirda o’quv jarayonlari, kredit modul tizimi, chet tilini o’rganish va mustaqil ta’limning afzalliklari bo’yicha so’z yuritildi. Shuningdek, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning mohiyati tushuntirildi.

    Uchrashuv rasmiyatchilikdan xoli, ochiq muloqot tarzida o’tkazilib, talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati,

    Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.