Bayram Bilir, Samarqand davlat universiteti doktoranti:

     – Sharq xalqlari azal-azaldan Navro‘zni yilboshi sifatida tan olib, faoliyat va rejalarini Navro‘zga qarab belgilashgan. Navro‘zdan Navro‘zgacha ilmiy faoliyatimda va shaxsiy hayotimda muhim yangiliklar bo‘ldi. Ulardan eng kattasi, “O‘rxun yozuvini transkripsiyalashtirishdagi farqliliklar va ularning yuzaga kelish sabablari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qildim. O‘quvchilarim orasida ko‘pchiligi turk tilini bilish bo‘yicha B2, C1 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Ularning erishgan yutuqlari mening ham muvaffaqiyatlarimdir. Ilm-fan meni ko‘hna Samarqandga bog‘lab turgan eng katta nuqta. Ishonamanki, bu hali davom etadi.