Prorektor va talabalar uchrashuvi…
Samarqand davlat universiteti o’quv ishlari bo’yicha prorektori Rustam Yo’ldoshev yuridik hamda intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti talabalari bilan uchrashdi.
Birinchi va ikkinchi kurs talabalari ishtirok etgan tadbirda o’quv jarayonlari, kredit modul tizimi, chet tilini o’rganish va mustaqil ta’limning afzalliklari bo’yicha so’z yuritildi. Shuningdek, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning mohiyati tushuntirildi.
Prorektor bugungi vaqtda kun tartibidan o’rin olgan chet tilini bilish bo’yicha to’xtalar ekan, SamDU da xorijiy tillarni o’rganish uchun yaratilgan sharoitlarni alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv davomida talabalar yuqoridagi mavzular yuzasidan o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.