Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” o’tkazildi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/641dd8d8a9d10-641dd8d8a9d13-641dd8d8a9d14-641dd8d8a9d15.jpg)
Tadbirda Samarqand davlat universiteti Faxriylar kengashi raisi, “Shuhrat” medali sohibi, professor Suyun Karimov, tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi professori Jumaqul Hamroyev, o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Jumagul Suvonovalar ishtirok etdi.
Faxriy professor-o’qituvchilar “Navqiron avlod – mamlakat ishonchi, kelajak tayanchi”, “Yangi O‘zbekistonda – yoshlarga yangi imkoniyatlar”, “Yangi O‘zbekistonda – erkin va farovon yashaylik” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, ma’ruzachilar bosib o’tgan yo’llari, erishgan muvaffaqiyatlari, hayot tajribasi haqida so’zlar ekan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida alohida to’xtaldi.
Ishtirokchilar uchrashuvning mazmun mohiyati hamda bu kabi tadbirlarning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni bo’yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.