"Oqila ayollar" harakati faoliyatiga doir seminar o‘tkazildi...
Samarqand davlat universitetida viloyat va shahar "Oqila ayollar" harakati a'zolarining malakaviy ko'nikmalarini oshirishning amaliy‐metodologik asoslari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyeva, Oila va xotin-qizlar viloyat boshqarmasi boshlig'i Zebiniso Raxmonova, "Oqila ayollar" harakati yetakchisi Oynisa Musurmonova hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ekspert-maslahatchisi Jamila Shermuhammedova, shuningdek, viloyatning faol xotin-qizlari ishtirok etdi.
Seminarda "Oqila ayollar" harakatining bosh maqsadi bo‘lgan jamiyatda yangi ma'naviy makon yaratish, ezgu g‘oyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an'analarni yoshlar ongiga singdirish ekanligi alohida ta'kidlandi. Jamiyat hayotida ayrim hollarda mavjud oilaviy kelishmovchiliklar va ularni bartaraf etishda "Oqila ayollar" harakatining o‘rni bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.