Monografiya: “Bifunksional katalizotorlarda yengil uglevodlarning aromatlanishi”…
Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayevning hammualifligidagi “Bifunksional katalizotorlarda yengil uglevodlarning aromatlanishi” nomli monografiyasi Germaniyaning LAMBERT nashriyotida chop etildi.
Ushbu monografiyada yengil uglevodorodlardan aromatik uglevodorodlar olish bo‘yicha mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda olib borilayotgan ko‘p sonli ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari umumlashtirilgan. Bundan tashqari monografiyada har xil usullarda turli tarkibli YUKS katalizatorlari kompozitsiyasini sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy va tekstur xossalarini o‘rganish natijalari asosida aromatlash unumi va selektivligi yuqori bo‘lgan katalizatorlar atroflicha o‘rganib chiqilgan.
Shuningdek, neft yo‘ldosh gazlaridan aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasi yoritilgan. Monografiya magistrlar, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar va shu sohada ishlaydigan ilmiy hamda ilmiy - texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.