O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va unda keltirib o‘tilgan fuqarolarning taʼlim olish va sohaga doir boshqa muhim o‘zgartirishlar tahliliga bag‘ishlangan mazkur tadbirda SamDU ning 4000 ga yaqin talaba yoshlari hamda 200 dan ziyod professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, professor Shahzoda Negmatova kirish so’z bilan ochib, o’qituvchi va talabalarning o’qish va ilmiy ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

    Shuningdek, bir qator professor-o‘qituvchilar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga oid mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

    

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.